Aniq arxitektura. Mustahkam işonç.

Navoiy şahridagi uşbu masjid loyihasi an’anaviy islom me’morçiligi va zamonaviy dizayn uyğunligida işlab çiqilgan. Oq fasad poklik va osoyiştalikni ifodalaydi, markaziy gumbaz esa binoga salobat baxş etadi. Kiriş qismi va bezaklarda milliy hamda diniy naqşlar nafis uyğunlaştirilgan. Atrofdagi hudud qulay va tartibli rejalangan. Loyiha Navoiyning me’moriy qiyofasiga mos bölib, zamonaviy talablarga javob beruvçi muqaddas makon konsepsiyasini ifodalaydi.













